Jahon

Fransiya va Ispaniyadagi yirik o‘rmon yong‘inlari sabab 87 ming kishi evakuatsiya qilindi

Fransiya va Ispaniyadagi yirik o‘rmon yong‘inlari sabab 87 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Fransiya va Ispaniyadagi yirik o‘rmon yong‘inlari sabab 87 ming kishi evakuatsiya qilindi

Fransiyaning janubi-g‘arbiy qismi va Ispaniyaning markaziy hududlarida davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida taxminan 87 ming kishi evakuatsiya qilindi. Tabiiy ofat sabab o‘nlab o‘t o‘chiruvchilar ham jarohat oldi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Fransiyaning Atlantika sohilidagi Kap-Ferre yarimorolida chorshanbadan buyon davom etayotgan yong‘in 125 kvadrat kilometr hududni qamrab oldi. Alangalar sayyohlik hududlariga yaqinlashgani sababli aholi va dam oluvchilar avtomobil hamda qayiq orqali xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

 

Fransiyada yana bir yong‘in o‘chog‘i yuzaga kelgani ortidan evakuatsiya hududi kengaytirildi. Natijada Jironda departamentida 44 ming, Land departamentida esa 23 ming kishi evakuatsiya qilindi.

 

Yong‘in oqibatida 53 ta uy va bitta kemping yonib ketgan, 42 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan.

 

Yong‘inni o‘chirish ishlariga yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, aviatsiya va maxsus texnikalar jalb etilgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatga Yevropa Ittifoqi davlatlaridan yong‘inga qarshi samolyot va vertolyotlar yuborilishini ma’lum qildi.

 

Ispaniyada esa hukumat tarixda ilk bor o‘rmon yong‘inlari sabab milliy favqulodda holat e’lon qildi. Madrid va Avila provinsiyalaridagi yong‘inlar tufayli qariyb 20 ming kishi evakuatsiya qilindi. Madridning g‘arbiy qismidagi ikkita yong‘in o‘chog‘i birlashib, mintaqa tarixidagi eng yirik yong‘inga aylangani qayd etildi.

 

Shuningdek, Avila provinsiyasidagi yong‘in 90 kvadrat kilometr maydonni qamrab olib, yana 1,5 ming kishining evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatning Gvadalaxara provinsiyasida esa tarixdagi ikkinchi eng yirik o‘rmon yong‘inini o‘chirish ishlari davom etmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropadagi jazirama, qurg‘oqchilik va kuchli shamollar yong‘inlarning tez tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Olimlar esa iqlim o‘zgarishi mintaqada bunday tabiiy ofatlarning ko‘lami va takrorlanish tezligini oshirayotganidan ogohlantirmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.