Jahon

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi

Hujum ortidan shaharda dron tahdidi e’lon qilinib, mobil internet faoliyati cheklanishi haqida ogohlantirish berildi.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi

 

24-iyulga o‘tar kechasi Ukraina dronlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga hujum qildi. Bu haqda shahar gubernatori Aleksandr Beglov ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari hujumni qaytarishda davom etgan. Dron zarbalari oqibatida Moskva shossesi hududidagi fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga zarar yetgan, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Beglov favqulodda vaziyat bo‘yicha tuzilgan shtab faoliyatini shaxsan boshqarayotganini bildirgan.

 

Hujum fonida Sankt-Peterburgda dron tahdidi e’lon qilinib, aholiga mobil internet xizmatida uzilishlar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.

 

Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan Pulkovo aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Keyinchalik Rossiya Federal havo transporti agentligi (Rosaviatsiya) aeroport odatdagi ish rejimiga qaytganini ma’lum qilgan.

 

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko ma’lumotiga ko‘ra, hujum vaqtida viloyat osmonida 50 ta dron urib tushirilgan. Rossiya rasmiylari hujum oqibatlari va yetkazilgan zarar yuzasidan ma’lumotlarni aniqlashtirishda davom etmoqda.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.