O'zbekiston

Andijonda 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqartirgan ota jazolandi

YPX tomonidan to‘xtatilgan Spark avtomobili rulida 11 yoshli bola, old o‘rindiqda uning ukasi, orqa o‘rindiqda esa otasi o‘tirgani aniqlandi.

Andijonda 11 yoshli o‘g‘liga avtomobil boshqartirgan ota jazolandi

 

Andijon viloyatining Asaka tumanida viloyat Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Spark rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Tekshiruv chog‘ida transport vositasini 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 11 yoshli bola boshqarayotgani aniqlangan. Avtomobilning old yo‘lovchi o‘rindig‘ida uning ukasi, orqa o‘rindig‘ida esa otasi bo‘lgan.

 

Holat yuzasidan transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga avtomobilni boshqarishga berganligi uchun haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan reydlar davomida haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarish, mast holda rulga o‘tirish va boshqa qoidabuzarliklar ham aniqlanmoqda.

 

Mas’ullar qayd etishicha, reydlar boshlanganidan buyon 4 mingdan ortiq transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan. Ular orasida 150 dan ortiq haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxsning rulga o‘tirgani, 400 dan ortiq haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqargani, 100 ga yaqin ruxsatsiz oyna qoraytirish hamda 80 ga yaqin mast holda transport vositasini boshqarish holati qayd etilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.