O'zbekiston

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Hujjatga ko‘ra, kelgusi yillarda shahar hududi qariyb ikki baravar kengaytiriladi, transport, uy-joy va muhandislik infratuzilmasi tubdan modernizatsiya qilinadi.

Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasi Jizzax shahrining bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Hujjat bilan shaharni 2043-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, hududlarni kengaytirish, uy-joy qurilishi, transport va muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi ko‘rsatkichlar belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, hisob davri yakuniga qadar Jizzax aholisi 191,6 ming nafardan 460 ming nafarga, shahar hududi esa 6 520 gektardan 12 730 gektarga yetkaziladi. Uy-joy fondining umumiy maydoni qariyb uch baravar oshirilib, 9,66 million kvadrat metrga yetkazilishi rejalashtirilgan. Natijada bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 15,9 kvadrat metrdan 21 kvadrat metrgacha oshadi.

 

Bosh reja doirasida ijtimoiy infratuzilma ham kengaytiriladi. Xususan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘rinlar soni 29,4 mingtagacha, umumta’lim maktablaridagi o‘rinlar 78,2 mingtaga, shifoxonalardagi o‘rinlar esa 11,4 mingtaga yetkaziladi. Shuningdek, poliklinikalar quvvati, mehmonxonalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari sonini oshirish ko‘zda tutilgan.

 

Shaharda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish ham rejalashtirilgan. Magistral ko‘chalar uzunligi 90,35 kilometrdan 263,14 kilometrga yetkaziladi, jamoat transporti orqali yiliga 230 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, tranzit transport oqimini shahar tashqarisiga yo‘naltirish maqsadida shimoliy aylanma yo‘l barpo etiladi.

 

Hujjatda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ham nazarda tutilgan. Ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr, gaz va issiqlik ta’minoti quvvatlari bir necha barobar oshiriladi. Shuningdek, yashil hududlar maydonini 50 gektardan 460 gektarga yetkazish, Sangzor daryosi bo‘yida dam olish maskanlarini barpo etish hamda kanal va kollektorlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.

 

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bosh rejani bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Shuningdek, barcha qurilish ishlari bosh reja talablariga muvofiq olib borilishi va tarixiy hamda madaniy meros obyektlari muhofazasi ta’minlanishi belgilangan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"