O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, sudyalar farovonligi adolatli va odil sudlovning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva sudyalar va sud tizimi xodimlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva 25-iyul — Xalqaro sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, adolatli odil sudlov sudyalar va sud tizimi xodimlarining jismoniy, ruhiy hamda emotsional farovonligiga bevosita bog‘liqligini ta’kidladi.

 

Mirziyoyevaning qayd etishicha, sud tizimi xodimlari har kuni insonlar dardi, fojiaviy taqdirlar va murakkab hayotiy vaziyatlarga duch keladi. Sudyalar esa inson taqdiriga ta’sir qiluvchi qarorlar qabul qilib, yuksak ma’naviy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

 

Sud qarorlarining adolatli bo‘lishi odil sudlovga xizmat qilayotganlarning jismoniy, ruhiy va emotsional holatiga bevosita bog‘liq. Shu bois sudyalar va sud tizimi xodimlari farovonligini ta’minlash adolatli, mustaqil va samarali odil sudlovning muhim shartlaridan biridir.

 

Shuningdek, u Yangi O‘zbekistonda inson qadri va qonun ustuvorligi oliy qadriyat hisoblangan sud tizimi izchil barpo etilayotganini ta’kidlab, barcha sudyalar va sud tizimi xodimlariga mustahkam sog‘liq, iroda, qat’iyat hamda adolat prinsiplariga sodiqlik tiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.