Jahon

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Omsk shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Rossiya-Ukraina urushini "muzlatish" va tinchlik muzokaralarini qayta boshlash zarurligini ta’kidladi.

 

To‘qayevning aytishicha, unga AQSH va Yevropa davlatlaridan Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi mojaro yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda va u bu haqda Putinni xabardor qilgan.

 

Qozog‘iston prezidenti mojaroning kelib chiqishini ko‘pchilik, jumladan Qozog‘iston uchun ham tushunish qiyinligini aytib, uni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy mojaro bilan taqqosladi.

 

Shuningdek, To‘qayev Putinning Alyaskada AQSH bilan o‘tkazilgan muzokaralarda "maksimal diplomatik moslashuvchanlik" namoyon etganini ta’kidladi.

 

Uning fikricha, mojaroni "muzlatish" va avval muhim natijalarga erishilgan "Istanbul formulasi 2.0"ga qaytish, shuningdek, Rossiya ham ishtirok etadigan yirik davlatlar kafolati ostida tinchlik sari harakat qilish maqsadga muvofiq.

 

To‘qayev urush oqibatida yoshlarning halok bo‘layotganini afsus bilan qayd etib, "Bularning barchasini to‘xtatish kerak", dedi. Uning ta’kidlashicha, davom etayotgan urush Rossiya va Ukraina raqiblari manfaatlariga xizmat qilmoqda. Putin esa uchrashuv davomida To‘qayevni "Ukraina yo‘nalishi"dagi vaziyat haqida batafsil xabardor qilishini ma’lum qildi.

 

Avvalroq Reuters agentligi Kremlga yaqin manbalarga tayanib, Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha takliflarni rad etayotgani va Donetsk viloyatining qolgan qismini egallash masalasida murosasiz pozitsiyani saqlab qolayotgani haqida xabar bergandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.