O'zbekiston

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Obyektlar qatorida “Jemchug” turar joy binosi, tarix va san’at muzeylari, “Xalqlar do‘stligi” saroyi, sirk, Markaziy ko‘rgazmalar zali, “Kosmonavtlar” metro bekati, “Quyosh” geliomajmuasi ham bor.

Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi

Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

 

 

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, bu O‘zbekiston tomonidan so‘nggi 25 yil ichida YUNESKOga taqdim etilgan milliy nominatsiyaning ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘lishidir.

 

 

Saida Mirziyoyevaga ko‘ra, mazkur qaror nafaqat bir necha me’moriy obyekt, balki 1966-yilgi zilziladan keyin Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir tarixiy davrning e’tirofi hisoblanadi.

 

 

Uning qayd etishicha, o‘sha yillarda poytaxt zamonaviy me’morchilik, Markaziy Osiyo an’analari va mahalliy iqlim xususiyatlarini uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos me’moriy qiyofa kasb etgan.

 

 

Saida Mirziyoyeva ushbu voqeani O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i deb baholab, bu boy me’moriy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.

 

 

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.