Sport

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida Kongo DR darvozasiga urgan ajoyib goli FIFA tomonidan o‘tkazilgan “Turnirning eng chiroyli goli” so‘rovnomasida 2-o‘rinni egalladi.

 

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DRga qarshi uchrashuvning 10-daqiqasida to‘pni darvozabonning ustidan oshirib gol kiritgandi. Ushbu gol muxlislar va futbol mutaxassislari tomonidan mundialning eng chiroyli gollaridan biri sifatida e’tirof etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur gol avvalroq FIFA muxlislari ovoz berishida Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan va turnirning umumiy so‘rovnomasiga yo‘l olgandi.

 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni Kabo-Verde terma jamoasi futbolchisi Sidni Lopes Kabralning Argentina darvozasiga urgan goli egalladi.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

«Manchester Siti» sotilishi mumkinmi? Klub egalari rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda

Bunga moliyaviy mojaro va muxlislarning munosabati sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Ronaldu terma jamoadan chetlatildi: unga nisbatan intizomiy ish ochildi

Hozircha unga nisbatan yakuniy jazo belgilanmagan.

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

Ronalduga qarshi intizomiy ish boshlandi: mumkin bo'lgan jazo ma'lum bo'ldi

Futbolchining o‘zi ham federatsiya belgilaydigan jazoni qabul qilishga tayyorligini bildirgan.