Jahon

Pokistonda musson yomg‘irlari qurbonlari soni 107 nafarga yetdi

Meteorologlar hafta o‘rtalaridan boshlab yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Pokistonda musson yomg‘irlari qurbonlari soni 107 nafarga yetdi

Pokistonda musson mavsumi boshlanganidan buyon kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida kamida 107 kishi halok bo‘ldi, 344 kishi jarohat oldi, yuzlab uylar zarar ko‘rdi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasiga (NDMA) tayanib, Al Jazeera xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, eng ko‘p qurbon Xayber Paxtunxva viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda 55 kishi halok bo‘lgan. Panjob viloyatida esa 36 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uylar va tomlarning qulab tushishi oqibatida vafot etgan.

 

Panjob viloyati markazi Lahorda suv toshqinlari sabab evakuatsiya qilingan aholini vaqtincha joylashtirish uchun kamida 17 ta qutqaruv lageri tashkil etilgan.

 

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotiga ko‘ra, Lahor va Gujranvala hududlarida qariyb 400 kvadrat kilometr maydon suv ostida qolgan. Vaziyat "ichki dengiz"ni eslatayotgani ta’kidlangan.

 

Panjob bosh vaziri Maryam Navoz Sharif favqulodda vaziyat xizmatlari butun viloyat bo‘ylab safarbar etilgani va toshqin suvlarini chiqarish ishlari davom etayotganini bildirdi.

 

Pokiston Meteorologiya departamenti seshanbagacha toshqin keltirib chiqaradigan darajadagi yog‘ingarchilik kutilmayotganini, biroq chorshanbadan boshlab Islomobod, Yuqori Panjob, Pokiston nazoratidagi Kashmir, Xayber Paxtunxva va Gilgit-Baltiston hududlarida yangi nam ob-havo davri boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, Ravi daryosida suv sathi o‘rta darajadagi toshqin ko‘rsatkichiga yetgani, mamlakatdagi aksariyat yirik daryolarda esa suv miqdori me’yoriy yoki past darajada ekani qayd etildi.

 

Mutaxassislar aholini pastqam hududlardan uzoqroq bo‘lishga chaqirmoqda. Ularning ta’kidlashicha, musson mavsumi hali o‘rtasiga yetgan bo‘lib, u sentyabrgacha davom etishi kutilmoqda.

 

2025-yilda Pokistondagi kuchli toshqinlar oqibatida 1 037 kishi halok bo‘lgan, 2 million kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan, millionlab chorva mollari nobud bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetgan.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"