Jahon

Ugandada ochlikdan 19 kishi vafot etdi

Rasmiylar yaqin ikki oy davomida 9 400 tonna oziq-ovqat yordamini aholiga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Ugandada ochlikdan 19 kishi vafot etdi

 

Uganda hukumati mamlakat sharqidagi Karamoja mintaqasida ochlik oqibatida kamida 19 kishi vafot etganidan so‘ng favqulodda oziq-ovqat tarqatishni boshladi.

 

Ma’lum qilinishicha, uzoq davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli Karamoja mintaqasida kutilgan yog‘ingarchilik kuzatilmagan, natijada hosil nobud bo‘lgan va 1,5 millionga yaqin aholi keskin oziq-ovqat tanqisligi hamda to‘yib ovqatlanmaslik muammosiga duch kelgan.

 

Ochlikdan erta ogohlantirish tizimlari tarmog‘i (FEWS NET) mintaqadagi vaziyat inqiroz darajasiga yetganini qayd etgan.

 

Rasmiylar moliyalashtirishdagi qiyinchiliklarga qaramay, yaqin ikki oy davomida 9 400 tonna oziq-ovqat yordamini aholiga tarqatishni rejalashtirmoqda. Bu hukumat tomonidan yordam hajmi qisqarganidan keyingi ilk yirik gumanitar operatsiya hisoblanadi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Karamoja so‘nggi yillardagi eng kuchli qurg‘oqchiliklardan birini boshdan kechirmoqda. Aprel oyidan buyon sezilarli yog‘ingarchilik kuzatilmagani sababli fermerlar hosildan deyarli ayrilgan.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.