O'zbekiston

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida fuqarolarning cho‘kishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, 2026-yil 26-iyul kuni soat 14:06 da 112 qisqa raqamiga Namangan shahri “Gulbog‘” MFYda yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro Sirdaryoning Namangan tumani “Sho‘rqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi  qismiga tushib ketgani haqida murojaat kelib tushgan.

 

Mazkur holat yuzasidan FVV viloyat boshqarmasi Maxsus qutqaruv otryadining suvda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, 27-iyul kuni boshqa bir fuqaroning jasadi daryodan topilib, qutqaruvchilar tomonidan qirg‘oqqa olib chiqilgan va tegishli tartibda topshirilgan.

 

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. Hozirda ham bunday hududlarda cho‘kib ketgan ikki nafardan ortiq fuqaroni qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Mutasaddilar fuqarolarni, ayniqsa ota-onalarni farzandlarini nazoratsiz ravishda suv havzalariga yubormaslikka chaqirdi. Shuningdek, faqat ruxsat etilgan va xavfsiz cho‘milish joylaridan foydalanish hamda suvdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tavsiya etildi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"