O'zbekiston

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Ichimlik suvi sohasini samarali boshqarish va zamonaviy tizimga aylantirish maqsadida bir qator yangi mexanizmlar joriy etiladi.

 

2026-yil sentyabr oyidan boshlab barcha suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformada aks ettiriladi. Shuningdek, yer osti suvlari holati bo‘yicha ma’lumotlar ham ushbu tizimga integratsiya qilinadi.

 

Bundan tashqari, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash jarayonida yo‘l ostidagi suv kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish ishlari oldindan loyiha hujjatlariga kiritiladi. Bu esa keyinchalik yo‘llarni qayta qazish bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.

 

“O‘zsuvta’minot” AJda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, 2027-yildan boshlab tariflarni tasdiqlash vakolati Idoralararo tarif komissiyasiga o‘tkaziladi. Byudjet tashkilotlari uchun yagona tariflar joriy etilishi hamda sohaga xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

 

Mutasaddilarga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar byudjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishning oldini olish, korrupsion xavflarni kamaytirish va suv ta’minoti tizimida ochiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.