Jahon

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi robotlar importini taqiqladi

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi gumanoid robotlar, robot-itlar va quvvat invertorlari importini milliy hamda kiberxavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda.

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi robotlar importini taqiqladi

AQSH Federal aloqa komissiyasi (FCC) Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi gumanoid robotlar, robot-itlar va quvvat invertorlarini milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan taqiqlangan uskunalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Qaror darhol kuchga kirgan bo‘lsa-da, u faqat AQSHda hali sotuvga ruxsat berilmagan yangi modellarni qamrab oladi.

 

Komissiya ushbu qurilmalar ta’minot zanjiri va kiberxavfsizlik uchun xavf tug‘dirishi, shuningdek, xorijiy tomonlar ularni nazorat ostiga olsa, AQSH iqtisodiyoti hamda muhim infratuzilmalariga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Mazkur qaror AQSHning sun’iy intellekt, energetika va ma’lumotlar markazlari kabi strategik sohalarda Xitoy texnologiyalariga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi.

 

Cheklovlar AQSHning Nvidia texnologiyalari asosida robotlar ishlab chiqishda hamkorlik qilgan Xitoyning Unitree kompaniyasiga ham ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Yaqinda Pentagon kompaniyani Xitoy harbiy tuzilmalari bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan korxonalar ro‘yxatiga kiritgan, Pekin esa bu ayblovlarni rad etgan.

 

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi AQSH qarorini tanqid qilib, Vashingtonni Xitoy kompaniyalariga nisbatan bosimni to‘xtatishga chaqirdi. Diplomatik vakolatxona Pekin o‘z manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday harakatga javoban zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.

 

Cheklovlar Xitoyning Huawei va Sungrow kabi quvvat invertorlari ishlab chiqaruvchilariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Biroq AQSHda avvalroq sotuvga ruxsat berilgan mahsulotlar yangi tartibdan mustasno hisoblanadi, garchi FCC ayrim hollarda bunday ruxsatnomalarni bekor qilish huquqini saqlab qolgan bo‘lsa ham.

 

Qaror Donald Tramp ma’muriyati AQSHda ilg‘or ishlab chiqarishni kengaytirishga intilayotgan bir paytda qabul qilindi. Hozirda Tesla, Figure AI, Agility Robotics va Boston Dynamics mamlakatda gumanoid robotlarni ishlab chiqish yoki yig‘ish bilan shug‘ullanmoqda.

 

Qayd etilishicha, mazkur cheklovlar AQSH va Xitoy o‘rtasidagi sun’iy intellekt, ilg‘or mikrochiplar, savdo hamda strategik texnologiyalar bo‘yicha mavjud qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirishi mumkin.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"