O'zbekiston

Jizzaxda qorovul 4 yil davomida ishlagan korxonasida o‘g‘rilik qilgani aniqlandi

Qorovul navbatchilik kunlari mahalladoshlari bilan korxonadan generator va tikuv mashinalarini olib chiqib sotgani aniqlandi.

Jizzaxda qorovul 4 yil davomida ishlagan korxonasida o‘g‘rilik qilgani aniqlandi

 

Jizzax shahridagi yirik tekstil korxonasida 2022-yildan buyon sodir etib kelingan yirik o‘g‘rilik holati fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona xo‘jalik mudiri Ichki ishlar organlarining 112 yagona dispetcherlik xizmatiga murojaat qilib, 2022-yildan buyon korxona hududidan jami 91 dona elektr generatori va tikuv mashinasi o‘g‘irlab ketilganini bildirgan. Shuningdek, noma’lum shaxslar mis kabellarni olish maqsadida binoga devorni buzib kirgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan keng ko‘lamli tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tergov davomida korxonada turli davrlarda qorovul bo‘lib ishlagan shaxslar tekshirilib, videokuzatuv kameralari yozuvlari va boshqa tezkor ma’lumotlar tahlil qilingan.

 

Natijada Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yashovchi qorovul navbatchilik qilgan kunlarda davlat raqam belgisi Sirdaryo viloyatiga tegishli avtomashinalar kechki payt korxona hududiga kirib, tongga yaqin chiqib ketgani aniqlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qorovul navbatchilik vaqtida mahalladoshini korxonaga chaqirib, elektr generatorlari va tikuv mashinalarini noqonuniy ravishda olib chiqib, sotib kelgan. Shuningdek, yana ikki nafar mahalladoshi ushbu buyumlarni tashishda muntazam ishtirok etgani aniqlangan.

 

Surishtiruv davomida o‘g‘irlangan generatorlar, tikuv mashinalari va katta miqdordagi mis kabellar Toshkent viloyatining Bekobod tumanida metallolom qabul qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxsga sotilgani ma’lum bo‘lgan. Tezkor tadbirlar davomida undan 4 dona elektr generatori va 7 dona tikuv mashinasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirda Jizzax viloyati hamda Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan gumonlanuvchilarning boshqa o‘g‘rilik jinoyatlariga ehtimoliy aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor-qidiruv va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"