O'zbekiston

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgardi

Yangi tartib o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlashni soddalashtirish hamda jarayonni adolatli tashkil etishga qaratilgan.

Maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgardi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgargani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy izoh berdi.


Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2025-yil 28-oktabrda vazirlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur o‘zgarishlarning asosiy maqsadi o‘qituvchilarning ish yuklamasini kamaytirish, dars soatlarini taqsimlash talablarini soddalashtirish va jarayonni yanada shaffof hamda adolatli tashkil etishdan iborat.

 

Yangi tartibga ko‘ra, avval amalda bo‘lgan dars soatlarini taqsimlashning 19 ta ustuvorlik mezoni 10 taga qisqartirilgan. Vazirlikning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar ko‘plab o‘qituvchilarning takliflari asosida amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, barcha pedagoglar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida dunyoning TOP-1000 oliygohlarini tamomlaganlik yoki xalqaro hamda asosiy fan olimpiadalarida g‘olib o‘quvchilarni tayyorlaganlik kabi mezonlar bekor qilingan. Vazirlik buni bunday imkoniyatlardan barcha o‘qituvchilar ham foydalana olmasligi bilan izohladi.

 

Endilikda dars soatlarini taqsimlashda asosiy e’tibor milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega, zamonaviy kompetensiyalarni egallagan hamda kasbiy salohiyati va mehnat natijalarini namoyon etgan pedagoglarga qaratiladi.

 

Vazirlikka ko‘ra, mazkur tartib o‘z ustida muntazam ishlaydigan, yuqori malakali o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Yangi tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"