O'zbekiston

O‘zbekistonda ajrimlarning qariyb yarmi farzandsiz oilalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Eng ko‘p ajrim Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etilgan.

O‘zbekistonda ajrimlarning qariyb yarmi farzandsiz oilalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

 

2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 24,8 mingta nikohdan ajralish holati qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 mingtaga ko‘pdir.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har ming aholiga to‘g‘ri keladigan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etgan.

 

Ajrimlarning 14,9 mingtasi (60,1 foizi) shaharlarda, 9,9 mingtasi (39,9 foizi) esa qishloq hududlarida qayd etilgan.

 

Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi choragida ajrimlarning 48,1 foizi farzandsiz oilalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Birinchi chorakda bu ko‘rsatkich 45,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda u 2,9 foiz punktga oshgan.

 

Hududlar kesimida eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar esa Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Statistikaga ko‘ra, nikohdan ajralishlarning asosiy qismi shaharlarda sodir bo‘layotgani, shuningdek, ajrimlarning salmoqli qismi farzandsiz oilalarda qayd etilayotgani kuzatilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.