O'zbekiston

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni 15 tadan 30 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston–Qirg‘iziston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari soni ikki barobarga oshiriladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘ldagi “Ruh-Ordo” madaniyat markazida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston–Qirg‘iziston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari sonini 15 tadan 30 taga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolanganini ma’lum qildi. Bu haqda 24 kg xabar berdi.

 

Japarovning ta’kidlashicha, mazkur qaror ikki mamlakat fuqarolarining o‘zaro qatnovini yengillashtiradi hamda savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

 

“Endi odamlar bir-birinikiga erkin borib kelishi, biznes bilan shug‘ullanishi, ta’lim olishi va dam olishi mumkin”, — dedi Qirg‘iziston rahbari.

 

U, shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda o‘z tarixidagi eng yuksak bosqichlardan biriga chiqqanini qayd etdi.

 

Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida davlat chegarasining bir uchastkasi to‘g‘risidagi shartnoma, nazorat-o‘tkazish punktlariga oid bayonnoma, turli sohalardagi hamkorlik bitimlari hamda Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

 

Issiqko‘lda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mintaqa davlatlari yetakchilari va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.