O'zbekiston

Toshkentdagi “basseyn”larda ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkentdagi “basseyn”larda ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar rad etildi

 

Toshkent shahridagi cho‘milish havzalarida cho‘milish oqibatida fuqarolar ommaviy kasallanayotgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

 

Bu haqda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda faoliyat yuritayotgan 57 ta cho‘milish havzasi boshqarma hamda uning tuman bo‘limlari tomonidan muntazam sanitariya-epidemiologik nazoratga olingan. Tasdiqlangan reja asosida suv namunalari har oy bakteriologik va sanitariya-gigiyenik ko‘rsatkichlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.

 

Joriy yil davomida cho‘milish havzalaridan 1 044 ta suv namunasi tahlil qilingan. Sanitariya talablariga javob bermagan 7 ta mavsumiy cho‘milish havzasida suv to‘liq almashtirilib, yuvish va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kungacha cho‘milish havzalarida cho‘milish natijasida zaharlanish yoki yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq birorta ham shoshilinch xabarnoma kelib tushmagan.

 

Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ommaviy kasallanish haqidagi xabarlar tasdiqlanmagan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.