Jahon

Kongo DRdagi epidemiya dunyodagi ikkinchi eng yirik Ebola epidemiyasiga aylandi

Mamlakatda Ebola virusi bilan kasallanganlar soni 3,5 mingdan oshdi.

Kongo DRdagi epidemiya dunyodagi ikkinchi eng yirik Ebola epidemiyasiga aylandi

Kongo Demokratik Respublikasidagi epidemiya mamlakat tarixidagi eng tez tarqalayotgan Ebola o‘chog‘i bo‘lib, dunyo bo‘yicha qayd etilgan ikkinchi eng yirik epidemiya hisoblanmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Kongo Aloqa va OAV vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda tasdiqlangan Ebola holatlari soni 3 532 nafarga yetgan. Shu tariqa, amaldagi epidemiya 2018–2020-yillarda kuzatilgan va qariyb 3 470 nafar bemor qayd etilgan avvalgi yirik epidemiya ko‘rsatkichidan oshib ketdi.

 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) rahbari vazifasini bajaruvchi Karl Skauning Reuters agentligiga aytishicha, bu tarixdagi eng tez sur’atlarda tarqalayotgan Ebola epidemiyasidir.

 

Kongo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, virus oqibatida 1 556 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Kasallikning o‘lim darajasi 44,1 foizni tashkil etmoqda. Hozirda 807 nafar bemor shifoxona va izolyatsiya markazlarida davolanayotgan bo‘lsa, 626 nafari sog‘aygan.

 

Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) ma’lumotiga ko‘ra, epidemiya boshlanganiga uch oydan kam vaqt bo‘lganiga qaramay, ushbu davrdagi o‘limlar soni avvalgi Ebola epidemiyalarining shu bosqichiga nisbatan besh baravar ko‘p.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, bundan kattaroq yagona Ebola epidemiyasi 2014–2016-yillarda Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda qayd etilgan. O‘shanda 28 616 kishi kasallanib, 11 310 nafari vafot etgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kongo DRdagi epidemiya Ebola virusining kam uchraydigan Bundibugyo shtammi sabab yuzaga kelgan. Mazkur shtammga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.

 

Epidemiyani jilovlash ishlariga mamlakat sharqidagi qurolli guruhlar faoliyati, tibbiyot muassasalariga uyushtirilayotgan hujumlar, xalqaro moliyaviy yordamning qisqarishi hamda aholi orasida hukumatga ishonchning pastligi va an’anaviy tabiblarga murojaat qilish holatlari to‘sqinlik qilmoqda.

 

JSST joriy oy boshida epidemiyaning haqiqiy ko‘lami rasmiy statistikadan to‘rt baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Africa CDC esa kasallikni nazorat ostiga olish uchun 1,4 milliard dollar mablag‘ zarurligini bildirdi.

 

Hozirgi kunda Ebola Kongo Demokratik Respublikasining Haut-Uele, Ituri, Shimoliy Kivu, Janubiy Kivu va Tshopo viloyatlarida tarqalgan.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"