O'zbekiston

O‘zbekistonda jaziramaga qaramasdan, yozgi turizmga qiziqish ortmoqda

2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatga 6,56 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘pdir.

O‘zbekistonda jaziramaga qaramasdan, yozgi turizmga qiziqish ortmoqda

Yozning jazirama kunlarida ham O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar ommabopligini yo‘qotgani yo‘q. Bunga so‘nggi yillarda basseynli mehmonxonalar, akvaparklar, tog‘ kurortlari va suv havzalari bo‘yidagi zamonaviy dam olish maskanlari sonining ko‘paygani sabab bo‘lmoqda.

 

 

Turizm qo'mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, faqat iyun oyining o‘zida mamlakatga 1,2 milliondan ortiq xorijiy sayyoh kelgan. Bu O‘zbekiston yoz mavsumida ham sayohatchilar uchun jozibador yo‘nalish bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

 

 

Yozgi dam olish infratuzilmasi eng rivojlangan hududlardan biri Toshkent viloyati bo‘lib, Chorvoq va Bo‘stonliqdagi tog‘ kurortlari, basseynli mehmonxonalar hamda akvaparklar minglab mehmonlarni qabul qilmoqda.

 

 

Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida tarixiy obidalar bilan bir qatorda zamonaviy mehmonxonalar, basseyn va SPA xizmatlari sayyohlarga taklif etilmoqda. Buxoro viloyatidagi To‘dako‘l suv ombori esa plyaj, qayiq sayrlari va suv sporti turlari bilan ichki turizmning ommabop maskanlaridan biriga aylangan.

 

 

Vodiy viloyatlarida ham yozgi turizm infratuzilmasi kengaymoqda. Namangandagi "Afsonalar vodiysi" majmuasida yirik akvapark va 16 ta basseyn faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Andijon va Farg‘onada zamonaviy akvaparklar hamda basseynli mehmonxonalar sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

 

Jizzax viloyatidagi Zomin tog‘ kurortlari va Aydarko‘l bo‘yidagi dam olish maskanlari, shuningdek Navoiydagi Aydarko‘l ko‘llar tizimi ekoturizmning eng mashhur yo‘nalishlari sifatida rivojlanmoqda. Bu hududlarda ko‘l bo‘yida dam olish, qayiq sayrlari, cho‘l safari va o‘tovlarda tunash kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo hamda Qoraqalpog‘istonda ham basseynli mehmonxonalar va suv-ko‘ngilochar majmualar soni ortib bormoqda. Nukusdan Orol dengizi va Ustyurt platosiga sayohat qiluvchi sayyohlar uchun ham zamonaviy mehmonxonalar xizmat ko‘rsatmoqda.

 

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda yozgi turizm nafaqat tarixiy obidalarni ziyorat qilish, balki tog‘ kurortlari, basseynlar, SPA markazlari va suv attraksionlarida dam olish imkoniyatlari bilan ham boyib bormoqda. Natijada jazirama ob-havo mamlakat bo‘ylab sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishni kamaytirayotgani yo‘q.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"