O'zbekiston

O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishi mumkin bo‘ladi

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvida Sadir Japarov mintaqa uchun Shengen vizasiga o‘xshash yagona turistik viza joriy etishni taklif qildi.

O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari endilikda ikki davlat hududiga kirganidan so‘ng 15 kun davomida majburiy ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin. Tegishli protokol 31-iyul kuni Issiqko‘lda prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tomonidan imzolandi.

 

Yangi protokol 2006-yilda imzolangan fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimga qo‘shimcha hisoblanadi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegarani kesib o‘tgach, 15 kun davomida qabul qiluvchi davlatning tegishli organlarida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, Qirg‘izistonga kirgan O‘zbekiston fuqarolari besh kun ichida ichki ishlar organlarida shaxsan ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi. Yangi kelishuv ushbu muddatni 15 kungacha uzaytirib, ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini bekor qiladi.

 

Shuningdek, Cho‘lponotada o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining norasmiy maslahat uchrashuvida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mintaqa uchun yagona turistik viza joriy etish tashabbusini yana ilgari surdi.

 

Uning aytishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan. Tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qiluvchi xorijiy fuqarolar uchun Shengen vizasiga o‘xshash yagona viza tizimini yaratishni nazarda tutadi.

 

30-iyuldan 1-avgustgacha davom etayotgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etmoqda.

 

Sammit davomida savdo, energetika, transport koridorlari, turizm, madaniy-gumanitar hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.