Jahon

Gretsiyada yong‘inni o‘chirish vaqtida ikkita vertolyot to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Mamlakat bo‘ylab yuzaga kelayotgan yong‘inlarga qarshi kurashish uchun qariyb 500 nafar o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan.

Gretsiyada yong‘inni o‘chirish vaqtida ikkita vertolyot to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish ishlari vaqtida ikkita yong‘in o‘chirish vertolyoti havoda to‘qnashib ketdi. Oqibatda bir vertolyot qulab tushib, ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Hodisa yakshanba kuni Afina g‘arbidagi Psata hududida sodir bo‘lgan. Gretsiya yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng to‘rt nafar ekipaj a’zosi qutqarilgan. Biroq vertolyotlardan biridagi ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchi vertolyot ekipaji esa tirik qolgan.

 

Mahalliy telekanallar namoyish etgan videolarda vertolyotlardan biri rotorlar to‘qnashuvi ortidan portlab, alangaga burkangan holda yerga qulagani aks etgan. Vertolyotlar Psata hududida kuchli shamol ta’sirida tez tarqalayotgan o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish ishlarida qatnashayotgan edi. Yong‘inlar oqibatida Gretsiyada 100 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, ko‘plab aholi punktlarida evakuatsiya e’lon qilingan.

 

Shu bilan birga, Korinf qo‘ltig‘i bo‘yidagi Porto Germeno hududida ham yirik yong‘inni jilovlash ishlari davom etmoqda. Alanga tog‘dan oshib, harbiy o‘quv poligonigacha yetib borgan va portlamagan o‘q-dorilar faollashgan. Mamlakat bo‘ylab yong‘inlarga qarshi kurashish uchun qariyb 500 nafar o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan. Qo‘shimcha kuchlar Fransiya va Ruminiyadan ham yetib kelgan.

 

So‘nggi haftalarda Gretsiyada nisbatan osoyishtalik kuzatilgan bo‘lsa-da, yana bir necha hududda yangi yong‘inlar qayd etildi. Porto Germenodagi kuchli shamollar susayganiga qaramay, alanga Veniza aholi punktigacha yetib borgan. Hozirda yong‘inning Megara sohil shaharchasiga kirib borishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

 

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha 10 ming gektardan ortiq yer maydoni yonib ketgan bo‘lishi mumkin. Kefaloniya orolida esa Pastra hududidagi yong‘inni ataylab yoqqanlikda gumon qilinayotgan 44 yoshli erkak hibsga olindi.

 

Ayni paytda Fransiyaning Jironda va Var departamentlaridagi yong‘inlar sezilarli darajada susaygan. Ispaniyaning markaziy hududlarida esa yirik yong‘inlar asosan nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, ayrim joylarda alanga qayta kuchaymoqda.

 

Yevropadagi uzoq davom etayotgan issiq to‘lqin va qurg‘oqchilik nafaqat o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirmoqda, balki boshqa muammolarni ham yuzaga chiqarmoqda. Dunay daryosidagi suv sathining rekord darajada pasayishi sababli Vengriyadagi yagona atom elektr stansiyasi qariyb 40 yil ichida ilk bor faoliyatini to‘xtatdi.

 

Serbiyada ham Dunay daryosidagi suv sathi 1985-yildan beri kuzatilgan eng past darajaga tushgani sababli mamlakatning eng yirik gidroelektr stansiyalari quvvatining atigi 20–30 foizi bilan ishlamoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"