O'zbekiston

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Yong‘inlar fonida Bosh konsulxona vatandoshlarga murojaat qildi.

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

 

O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasi AQSHning Vashington shtatida yuz berayotgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Vashington shtatining Spokan shahri va uning atrofidagi hududlarda kuzatilayotgan yong‘inlar sabab qariyb 60 ming nafar aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

 

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inlar oqibatida 600 ta bino, jumladan turar joylar va korxonalar vayron bo‘lgan. Hozirga qadar 250 ming akrdan ortiq (101 ming gektardan ziyod) hudud yong‘in bilan qamrab olingan.

 

Spokan yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘i Tom Uilyamsning aytishicha, hududdagi uchta alohida yong‘in o‘chog‘i evakuatsiya e’lon qilingan tumanlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Yong‘inni bartaraf etish ishlariga Milliy gvardiya bilan bir qatorda AQSHning o‘ndan ortiq shtatlaridan jalb etilgan o‘t o‘chiruvchilar ham safarbar etilgan.

 

O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulxonasi hozirgi kunga qadar yong‘inlardan jabrlangan yoki zarar ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

 

Shuningdek, diplomatik vakolatxona AQSHning yong‘in kuzatilayotgan hududlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlardan mahalliy hokimiyat organlari ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishni, xavfsizlik choralariga rioya etishni hamda zarurat tug‘ilganda Bosh konsulxona bilan bog‘lanishni so‘radi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.