O'zbekiston

Farg‘onada mast haydovchi urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

“Spark” boshqargan haydovchi YPX xodimining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan.

Farg‘onada mast haydovchi urib ketgan YPX xodimi vafot etdi

 

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimi mast haydovchi boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

 

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 31-iyul kuni soat taxminan 23:30 da O‘zbekiston tumani “O‘qchi” MFY hududidan o‘tuvchi 40V064 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1996-yilda tug‘ilgan A. E. mast holda “Spark” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tungi xizmatni olib borayotgan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi 3-safarbar guruhi katta inspektori, serjant Xayitbek Karimjonovning to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmagan va uni urib yuborgan.

 

Oqibatda serjant Xayitbek Karimjonov og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha tibbiy muolajalarga qaramay, u jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Xayitbek Karimjonov 2022-yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning ortidan onasi, turmush o‘rtog‘i hamda ikki nafar farzandi qoldi.

 

Holat yuzasidan tegishli tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.