Jahon

Isroil Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini o‘z pozitsiyasiga mos emas deb baholadi

Isroil rasmiylari HAMASning qisman emas, to‘liq qurolsizlantirilishini talab qilmoqda.

Isroil Trampning G‘azo bo‘yicha rejasini o‘z pozitsiyasiga mos emas deb baholadi

Isroil AQSHga prezident Donald Tramp ilgari surgan G‘azo urushini yakunlash rejasiga oid xavotirlarini bildirganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Isroil armiyasi Falastin hududiga zarbalarni davom ettirmoqda. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

 

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu idorasi matbuot kotibi Doron Shpilmanning AFP agentligiga ma’lum qilishicha, Isroil reja yuzasidan o‘z izoh va e’tirozlarini AQSH tomoniga yetkazgan. Uning aytishicha, ommaga e’lon qilingan hujjat Isroil pozitsiyasini to‘liq aks ettirmaydi.

 

Netanyaxu idorasi HAMASdan to‘liq va tekshiriladigan qurolsizlanishni talab qilmoqda. Avvalroq HAMAS Tramp rejasiga muvofiq qurollarini yangi tashkil etilayotgan Falastin boshqaruv qo‘mitasiga topshirishga rozi bo‘lganini e’lon qilgandi.

 

Isroil razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp e’lon qilgan sulh davrida HAMAS qayta qurollanib, yangi jangchilarni yollashni davom ettirgan. Netanyaxu idorasi bunday sharoitda tashkilotning to‘liq qurolsizlantirilishi har qanday uzoq muddatli kelishuvning asosiy sharti ekanini ta’kidlamoqda.

 

Shu bilan birga, Tinchlik kengashi tomonidan e’lon qilingan yo‘l xaritasida Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotlarni to‘liq to‘xtatishi va qo‘shinlarini hududdan bosqichma-bosqich olib chiqishi nazarda tutilgan.

 

G‘azoda esa jangovar harakatlar davom etmoqda. Mahalliy xavfsizlik manbalari yakshanba tongidan beri Isroil zarbalari oqibatida 19 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Falastin rasmiylari, shuningdek, shanba kuni uyushtirilgan zarba oqibatida katta miqdordagi tibbiy vositalar yo‘q qilinganini bildirdi.

 

Ayni paytda Isroil armiyasi HAMAS tinch aholi infratuzilmasidan harbiy maqsadlarda foydalanayotganini da’vo qilib, G‘azo bo‘ylab qurol omborlariga zarbalar berayotganini ma’lum qilmoqda.

 

Kuzatuvchilarga ko‘ra, vaziyat Tramp va Netanyaxu o‘rtasida G‘azo urushini yakunlash masalasida qarashlar tafovuti mavjudligini yana bir bor namoyon etmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"