O'zbekiston

Mustaqillik bayrami oldidan O‘zbekistonda "Dolzarb 40 kun" tozalik tadbirlari boshlandi

Tadbir doirasida hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik bayrami oldidan O‘zbekistonda "Dolzarb 40 kun" tozalik tadbirlari boshlandi

O‘zbekistonda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 28-iyuldan 6-sentyabrga qadar respublika bo‘ylab "Dolzarb 40 kun" ekologik tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu davrda hududlarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlari va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshiriladi.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, tadbirlarning asosiy maqsadi sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

 

Tasdiqlangan reja asosida Qo‘mita huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi, uning hududiy boshqarmalari hamda "Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi" davlat muassasasi tomonidan respublika bo‘ylab amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

 

Tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida Agentlik va uning hududiy tuzilmalarida maxsus shtablar tuzilgan. Har bir hududga mas’ul xodimlar biriktirilib, navbatchilik tizimi joriy etilgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan kunlik monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

 

Qayd etilishicha, "Dolzarb 40 kun" tadbirlari Prezidentning 2026-yil 1-apreldagi PQ-120-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar har kuni Agentlikka taqdim etilib, respublika miqyosida umumlashtiriladi.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi davlat organlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarni ekologik tadbirlarda faol ishtirok etishga, aholi punktlarini obodonlashtirish va atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shishga chaqirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.