O'zbekiston

O‘zbekistonda belgilangan tezlikni 80 km/soatdan oshirganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi

Ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomototransport vositasini 6 oydan 1 yilgacha vaqtincha olib qo‘yish nazarda tutilmoqda.

O‘zbekistonda belgilangan tezlikni 80 km/soatdan oshirganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan haydovchilarga nisbatan avtomototransport vositasini vaqtincha olib qo‘yishni yangi ma’muriy jazo chorasi sifatida joriy etish taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilindi.

 

Partiya matbuot xizmatiga ko‘ra, loyiha yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

 

Qonun loyihasiga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga “avtomototransport vositasini vaqtincha olib qo‘yish” nomli yangi ma’muriy jazo turi kiritilishi taklif etilgan. Unga ko‘ra, ayrim qo‘pol qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslarning avtomobili yoki mototransport vositasi sud qarori bilan 6 oydan 1 yilgacha muddatga jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin.

 

Loyihada, shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, noqonuniy poygalarda qatnashish, belgilangan tezlikni keskin oshirish hamda mast holda transport boshqarish uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

 

Xususan, tezlikni belgilangan me’yordan 80 km/soatdan ortiq oshirgan haydovchilarni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va ularga 26,8 million so‘mgacha jarima qo‘llash taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsga transport boshqarishni topshirish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollarda jinoiy javobgarlik belgilash, avtomobil poygalarini esa faqat maxsus ajratilgan hududlarda xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda sport tadbiri sifatida o‘tkazishga ruxsat berish nazarda tutilgan.

 

O‘zLiDeP ma’lumotiga ko‘ra, taklif etilayotgan o‘zgartirishlar yo‘llarda harakat xavfsizligini oshirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan. Qonun loyihasi hozirda muhokama bosqichida.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.