O'zbekiston

Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan oila fosh etildi

Ular dori vositalarini Rossiyadan yo‘lovchilar ko‘magida kichik partiyalarda temiryo‘l va samolyot orqali olib kelib, Toshkentda sotish bilan shug‘ullangan.

Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan oila fosh etildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Rossiyadan noqonuniy olib kirilgan kontrafakt dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro hamda uning ikki nafar farzandiga tegishli Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan uchta xonadon ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv jarayonida ushbu manzillardan “Buserelin”, “Volini”, “Bikana”, “Tirzetta” va boshqa nomdagi jami 29 turdagi 1330 quti kontrafakt dori vositalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, musodara qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati taxminan 600 million so‘mni tashkil etadi.

 

Aniqlanishicha, mazkur oila a’zolari dori vositalarini Rossiya Federatsiyasidan yo‘lovchilar yordamida kichik partiyalarda temir yo‘l va havo transporti orqali noqonuniy olib kirib, ularni Toshkent shahrida sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Hozirda musodara qilingan dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlangan, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.