O'zbekiston

“Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor” — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga jazo kuchaytirilganini eslatib o'tdi.

“Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor” — Saida Mirziyoyeva

 

Saida Mirziyoyeva hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlik kuchaytirilganini eslatib, jamiyatda zo‘ravonlikka murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

 

Prezident administratsiyasi rahbarining qayd etishicha, joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan yanada qat’iy jazo choralarini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari kuchga kirgan.

 

Yangi tartibga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jarimalar ikki baravar oshirilgan. Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

Bundan tashqari, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni takror sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi va ozodlikdan mahrum etilishi ham nazarda tutilgan.

 

Saida Mirziyoyeva bunday qonunlar faqat aybdorlarni jazolash uchun emas, balki jamiyatda ustuvor qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagan.

 

Uning fikricha, jamiyatda xavfsiz va sog‘lom muhitni shakllantirish uchun zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish zarur. Shuningdek, har bir tirik mavjudotning qadri borligi, ularga nisbatan mehr-oqibat va mas’uliyat hissini shakllantirish muhimligi qayd etilgan.

 

Saida Mirziyoyeva bu borada ota-onalarning o‘rni alohida ekanini ta’kidlab, farzandlarga bolalikdan ojizlarga ozor yetkazmaslik, kuchni shafqatsizlik orqali namoyon etish noto‘g‘ri ekanini singdirish zarurligini bildirgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.