O'zbekiston

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi uchun chegirma berilishi mumkin

Energetika vaziriga ko‘ra, bu bo‘yicha hududlarning xususiyatlari va energoresurslar bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olgan holda yangi tariflash tizimi ishlab chiqilmoqda.

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi uchun chegirma berilishi mumkin

O‘zbekistonda tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan hududlarda yashovchi aholi uchun elektr energiyasi tariflarini differensiallashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda energetika vaziri Sherzod Xodjayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Vazirning aytishicha, ayni paytda mamlakatda qariyb 2 mingta mahallaga tabiiy gaz yetkazib berilmagan. Shu sababli mazkur hududlardagi aholi uylarini elektr energiyasi orqali isitmoqda, ammo amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lov qilayotgani qayd etildi.

 

Sherzod Xodjayevning so‘zlariga ko‘ra, Prezident topshirig‘iga asosan elektr energiyasi uchun tarif siyosatini hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Yangi tizimda ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek, aholi yashash hududlarining gaz va boshqa energoresurslar bilan ta’minlanganlik darajasi inobatga olinadi.

 

“Tabiiy gaz yetib bormagani uchun isitishda elektr energiyasidan foydalanayotgan iste’molchining chegirma olishga haqqi bor”, — dedi vazir.

 

Ma’lumot uchun, gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan uylar uchun elektr energiyasi tariflariga yengillik berish tashabbusi avval ham bildirilgan. Sobiq energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024 yil kuzida bu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilayotganini va uni 2025 yildan joriy etish rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.