Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda
Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda chaqnashning kelib chiqish sabablari, gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar hamda hodisaning boshqa tafsilotlari tegishli mutasaddi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahri Uchtepa tumani Chilonzor-23 dahasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan edi.
Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga qisman zarar yetgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Voqea natijasida halok bo‘lganlar yo‘q.








