Jahon

O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina Tashqi razvedka xizmatiga rahbar bo‘ldi

U Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida qrim-tatar oilasida tug‘ilgan.

O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina Tashqi razvedka xizmatiga rahbar bo‘ldi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerovni Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari etib tayinladi.

 

Rustem Umerov bungacha Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. Yangi lavozimda u mamlakatning razvedka faoliyatini boshqarish bilan birga, xalqaro hamkorlar bilan mudofaa va xavfsizlik sohasidagi muzokaralarni ham muvofiqlashtiradi.

 

Prezident Zelenskiyning ta’kidlashicha, Umerov “Dronlar bitimi” tashabbusi doirasidagi hamkorlikni davom ettiradi. Mazkur tashabbus orqali Ukraina mudofaa sanoati uchun uzoq muddatli moliyalashtirishni ta’minlash va hamkor davlatlar bilan zamonaviy mudofaa texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, hozirgacha ushbu loyiha bo‘yicha to‘qqizta davlat bilan kelishuv imzolangan, yana 15 ta davlat bilan muzokaralar davom etmoqda.

 

Rustem Umerov 1982-yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida qrim-tatar oilasida tug‘ilgan. U avval Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha xalqaro muzokaralarda faol ishtirok etgan hamda AQSH va boshqa hamkor davlatlar bilan olib borilgan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga rahbarlik qilgan.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.