O'zbekiston

Qashqadaryoda erkak xotinini ayovsiz kaltakladi

Himoya orderi rasmiylashtirilganiga qaramay, erkak turmush o‘rtog‘iga tan jarohati yetkazgan.

Qashqadaryoda erkak xotinini ayovsiz kaltakladi

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” mahallasida vaqtincha yashab kelgan er-xotin o‘rtasida avvaldan muntazam oilaviy kelishmovchiliklar kuzatilgan.

 

Shu sababli mahalla yettiligi tomonidan oiladagi huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik choralar ko‘rilib, ayolga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilgan, shuningdek, ular istiqomat qilayotgan xonadonga qo‘riqlash signalizatsiyasi o‘rnatilgan.

 

Biroq olib borilgan profilaktik suhbat va ogohlantirishlarga qaramay, 26-iyun kuni soat taxminan 23:00 da er-xotin o‘rtasida yana janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak turmush o‘rtog‘ini urib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 126-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ushbu ish bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.