Jahon

Ukraina nega WB'ga zarba bermoqda?

Ukraina Rossiyaning “Wildberries” omboriga ketma-ket bir necha bor zarba bergani haqida internetda tarqalgan video va xabarlarga ko‘zingiz  tushgan bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nega Ukraina bu yerga zarba bermoqda?

Ukraina nega WB'ga zarba bermoqda?

3-avgust kuni Ukraina Rossiyaning Vladimir viloyatidagi “Wildberries” omboriga yana bir bor zarba berdi. Bu elektron tijorat gigantining logistika tarmog‘iga so‘nggi ikki hafta ichida berilgan uchinchi zarba bo‘ldi. Kiyev ushbu tarmoqni Rossiya harbiy dronlari ehtiyot qismlarini yetkazib beruvchi asosiy zanjirlardan biri deb hisoblamoqda.

 

 

“Wildberries” matbuot xizmati Telegram’dagi sahifasida obyektda yong‘in chiqqanini tasdiqladi va dastlab jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Biroq, keyinchalik Vladimir viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyev hujum oqibatida ikki kishi jarohat olganini bildirdi.

 

18-iyuldan beri Kiyev Rossiyaning tez-tez “Amazon”ga qiyoslanadigan ushbu eng yirik e-tijorat gigantiga uyushtirilayotgan hujumlarini keskin oshirdi.

 

Ukraina nega “Wildberries” obyektlarini nishonga olmoqda?

 

2004-yilda tashkil etilgan “Wildberries” Rossiyaning eng yirik onlayn bozori hisoblanadi.

 

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, ukrain dronlari tomonidan nishonga olingan omborlar Rossiya qurolli kuchlarini dron qismlari, navigatsiya uskunalari va boshqa harbiy komponentlar bilan ta’minlashda ishtirok etgan.

 

Elektron tijorat platformasi o‘z saytida harbiy anjomlarning keng turini, jumladan dron ehtiyot qismlari va bronjiletlarni sotuvga qo‘ygan. Ammo kompaniyaning Rossiya urush davri iqtisodiyotidagi o‘rni faqat bu bilan cheklanib qolmaydi.

 

Biznes ko‘lamini tushunish uchun ba’zi raqamlarga murojaat qilsak: “Wildberries” yillik tovar aylanmasi 70–75 milliard yevroni tashkil etishini ma’lum qilgan, bu turli baholashlarga ko‘ra Rossiya YAIMining 2 foizidan sal ko‘prog‘iga teng.

 

Tez-tez “Amazon”ga taqqoslanadigan ushbu marketpleys o‘n minglab odamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish bilan ta’minlaydi — kompaniyaning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, doimiy xodimlar soni taxminan 50 000 kishini tashkil etadi, mavsumiy tushumlar paytida esa uning kengaytirilgan logistika ishchi kuchi 100 000 dan oshib ketadi.

 

“Wildberries” va uning asoschisi, Rossiyaning eng boy ayoli sifatida tanilgan Tatyana Kim Rossiyaning 2022-yil boshida Ukrainaga qilgan keng ko‘lamli bosqini sababli xalqaro sanksiyalar nishoniga aylangan.

 

2022-yilda Polsha kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritar ekan, “Wildberries”ni “Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik soliq soliq to‘lovchi” deb ta’riflagan edi.

 

Iyul oyida Yevropa Ittifoqi kompaniyaning bank tarmog‘iga Rossiya davlat byudjetiga qo‘shayotgan moliyaviy hissasi uchun sanksiya qo‘lladi.

 

Garchi Kimning o‘zi o‘tgan juma kuni uning biznesi ukrain hujumlari yetkazgan zararlar uchun foydalanuvchilarga tovon puli to‘lashga qonunan majbur emasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, “Wildberries” Moskvadan muayyan turdagi kompensatsiya kutayotgani aniq.

 

Rossiya o‘zining eng yirik onlayn bozorini saqlab qoladimi?

 

Rossiya uchun “Wildberries” mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni juda katta bo‘lgani sababli “inqirozga yuz tutishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan” (too big to fail) subyekt hisoblanadi.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, Rossiya hukumati ushbu hujumlardan so‘ng “Wildberries” va unda savdo qiluvchi bizneslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini izlamoqda. Xabar qilinishicha, davlat nazoratidagi "VTB" banki kreditlar, subsidiyalar yoki soliq imtiyozlari kabi davlat yordamini tashkillashtirishda markaziy rolni o‘ynashi kutilmoqda.

 

O‘tgan hafta davomida “Wildberries”dan foydalanib kelayotgan rossiyalik tadbirkorlar platforma tomonidan deyarli hech qanday yordam berilmay, katta yo‘qotishlar bilan yolg‘iz qolib ketishayotganidan shikoyat qilib ijtimoiy tarmoqlarga yopirilishdi.

 

Sotuvchilar ularga taklif qilingan ramziy kompensatsiyadan ko‘ra soliq imtiyozlari va kredit ta’tillari muhimroq ekanini ta’kidlab, agar jiddiy yordam olishmasa, minglab kichik bizneslar yopilish xavfi ostida qolishi va soliq tushumlari keskin kamayib ketishidan ogohlantirishdi.

 

Ushbu postlarning aksariyati Rossiyada 2022-yil mart oyidan beri rasman taqiqlangan Instagram tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

 

 

 

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"