Jahon

Olimlar yer aholisi ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi

Tadqiqotchilar fikricha, tabiiy resurslar tanqisligining oldini olish uchun 2200-yilgacha dunyo aholisini bosqichma-bosqich kamaytirish zarur.

Olimlar yer aholisi ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi

 

Xalqaro olimlar guruhi Yer aholisi sonini 2200-yilga qadar bosqichma-bosqich ikki baravarga, ya’ni taxminan 4 milliard kishigacha kamaytirish taklifini ilgari surdi. Bu haqdagi tadqiqot Sustainable Development ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

 

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, so‘nggi bir asrda dunyo aholisi 2 milliarddan kam ko‘rsatkichdan 8,3 milliard nafarga yetgan va bunday o‘sish tabiiy resurslarga bosimni keskin kuchaytirgan.

 

Olimlar taklif qilayotgan yondashuv majburiy choralarni emas, balki oilani rejalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa kam daromadli mamlakatlarda ayollarning reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanishini yaxshilash orqali tug‘ilish sur’atlarini tabiiy ravishda pasaytirishni nazarda tutadi.

 

Tadqiqotchilar fikricha, insoniyatning sayyoraga umumiy ta’siri har bir insonning atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’siri hamda Yer aholisi soni ko‘paytmasi bilan belgilanadi. Shu bois, global aholi sonining ortib borishi ekologik va resurslar bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirayotgani qayd etilgan. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, agar mavjud tendensiya saqlanib qolsa, 2100-yilga borib Yer aholisi soni 11,4 milliard nafarga yetishi mumkin.

 

Tadqiqotda keltirilishicha, so‘nggi 50 yil davomida atmosferaga chiqarilgan karbonat angidrid (CO₂) hajmi ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. Shu davrda global biologik xilma-xillik ikki baravardan ortiq qisqargan, energiya iste’moli esa qariyb uch baravar ko‘paygan. Bundan tashqari, tabiiy resurslarni qazib olish va pestitsidlardan foydalanish hajmi ham to‘rt baravardan ko‘proqqa oshgani qayd etilgan. Mutaxassislar ushbu omillar sayyora resurslariga bosimni yanada kuchaytirayotganini ta’kidlagan.

 

Tadqiqot mualliflari bunday yondashuv tabiiy ekotizimlarni tiklash, biologik xilma-xillikni saqlash, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, resurslar uchun raqobatni yumshatish hamda global qashshoqlikni qisqartirishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.