O'zbekiston

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Qozondagi Bosh konsulxona ma’lum qilishicha, bunga Rossiya vakolatli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida Rossiya davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan poyandoz bilan bog‘liq holatda tekshirilgan O‘zbekiston fuqarosi M.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, avval mazkur holat yuzasidan Bosh konsulxona tomonidan tegishli konsullik-huquqiy choralar ko‘rilib, Rossiyaning vakolatli idoralari bilan diplomatik kanallar orqali muzokaralar olib borilgan.

 

Natijada Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Nijniy Novgorod shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda M.S.ga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 329-moddasi (davlat ramzlarini tahqirlash) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

Shuningdek, migratsiya qonunchiligiga muvofiq fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq zarur tartib-taomillar amalga oshirilmoqda. Uning Vatanga qaytishi 2026-yil 6-avgustga belgilangan.

 

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy choralarni ko‘rishda davom etishini bildirdi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"