O'zbekiston

Samarqandda "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Tibbiy hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi

Samarqandda "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Samarqand viloyatining tabiiy va rekreatsion salohiyatidan foydalanib, tibbiy hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahrini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

 

Loyihaga ko‘ra, Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 470 gektar yer maydonida viloyat bo‘ysunuvidagi "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etish taklif etildi. Shaharga bir oy muddatda viloyat bo‘ysunuvidagi shaharcha maqomi berilishi va tegishli ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shaharning asosiy tabiiy boyligi — shifobaxsh termal (radonli) suv manbalari.

 

Asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar

 

Loyihada shaharni rivojlantirishning bir qator maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan:

 

  • termal suv resurslaridan samarali foydalanib, xalqaro standartlarga javob beradigan sanatoriy-kurort muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • Nurbuloqni uzluksiz faoliyat yurituvchi sanatoriy-kurort shahriga aylantirish;
  • sanatoriy-kurort muassasalari sonini 50 taga, ulardagi o‘rinlar sonini 7 400 taga yetkazish;
  • tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishidagi mahalliy va xorijiy turistlar sonini 2 baravar, bu yo‘nalishdagi xizmatlar eksportini 2,3 baravar oshirish;
  • sayyohlarning o‘rtacha qolish muddatini 5 kundan 8 kungacha yetkazish;
  • soha uchun kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimini joriy etish;
  • Nurbuloqni milliy va xalqaro miqyosda raqobatbardosh brend sifatida shakllantirish.

 

Investorlar uchun imtiyozlar

 

Shaharda investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutilgan. Turistik infratuzilma uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari master-rejaga muvofiq, investitsiya majburiyatlari sharti bilan elektron onlayn-auksionlar orqali sotiladi.

 

2035 yil 1 yanvarga qadar xalqaro SPA va sanatoriy-kurort tashkil etuvchi tadbirkorlar respublikaga olib kiriladigan asbob-uskuna, texnologiya va xomashyo uchun bojxona bojidan to‘liq, yer solig‘ining 50 foizidan ozod etiladi. Shuningdek, 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab tibbiyot muassasalari xorijiy fuqarolarga turoperatorlar orqali xizmat ko‘rsatganda, to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 50 foizi keshbek tarzida qaytarilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, tijorat banklari orqali, Markaziy bank asosiy stavkasidan oshmaydigan foizda kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ular radonli suv bilan davolashga ixtisoslashgan muassasalar va mehmonxonalarni barpo etish hamda jihozlashga yo‘naltiriladi.

 

Moliyalashtirish va master-reja

 

Shaharning yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha amaldagi qaror mablag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Viloyat hokimligi olti oy muddatda shahar master-rejasini ishlab chiqadi; uning loyiha va ekspertiza xarajatlari "Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan qoplanib, keyinchalik yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lar bilan o‘rnatiladi.

 

Taklif etilayotgan choralar Nurbuloqning noyob tabiiy salohiyatini iqtisodiy aylanmaga kiritish, mintaqada tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi uchun yangi markaz shakllantirish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish hamda hududda barqaror ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

 

"Avitsenna" milliy brendi

 

Qaror loyihasi doirasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmining milliy "Avitsenna" brendi tasdiqlanib, uni rivojlantirish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturi belgilanadi.

 

Dasturga ko‘ra, "Avitsenna" yagona raqamli platformasi o‘zbek, ingliz, rus, xitoy va arab tillarida yaratilib, unga tibbiyot muassasalari, sanatoriy-kurort tashkilotlari, xalqaro sertifikatlar, turistik obyektlar, xarita hamda onlayn-murojaat funktsiyalari integratsiya qilinadi. Platformaga kiritiladigan muassasalar tegishli mezonlar asosida verifikatsiyadan o‘tkazilib, yagona elektron reyestr shakllantiriladi.

 

Brendni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun xalqaro turizm va tibbiyot ko‘rgazmalarida "Avitsenna" yagona milliy stendi bilan ishtirok etish, ustuvor davlatlarda taqdimot (roadshow) va B2B uchrashuvlar o‘tkazish, xorijiy OAV va raqamli platformalarda reklama kampaniyalari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, qo‘shni va ustuvor xorijiy davlatlarda yetakchi tibbiyot muassasalari ishtirokida "Avitsenna" brendi ostida bepul konsultatsiya, diagnostika va skrining aksiyalari o‘tkazilib, davolanishga ehtiyoji bor fuqarolarni O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

2025-yilda korrupsion jinoyatlar eng ko‘p Andijonda aniqlangan — senator

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 kishi javobgarlikka tortilgan.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"