O'zbekiston

Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ona 3 sutkaga qamaldi

Ayol farzandi maktabdagi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganidan jahli chiqqan.

Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ona 3 sutkaga qamaldi

Sirdaryo viloyatida 10 yoshli farzandini maktab to‘garagiga bormagani uchun urgan ayolga nisbatan ma’muriy jazo tayinlandi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar berildi.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayol farzandi maktabdagi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganidan g‘azablanib, qo‘lidagi kiyim ilgich bilan uning boshi va tanasining boshqa qismlariga urgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, bolaga sog‘lig‘ining qisqa muddatli buzilishiga sabab bo‘lmagan yengil tan jarohati yetkazilgan.

 

Sud majlisida ayol qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, o‘ziga yengillik berishni so‘radi. Jabrlanuvchining qonuniy vakili — bolaning otasi ham voqeadan ishdan qaytgach xabar topganini, turmush o‘rtog‘iga nisbatan da’vosi yo‘qligini va oilaning birligini inobatga olib, unga nisbatan yengillik qo‘llashni so‘radi.

 

Sud ayolni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59¹-2-moddasi ikkinchi qismi bilan aybdor deb topib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

 

Shuningdek, unga kelgusida shu kabi qilmishlarni takrorlasa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida tushuntirish berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.