O'zbekiston

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: "Prezident sovg‘alari" 25-avgustgacha maktablarga yetkaziladi

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 turdagi o‘quv qurollari hamda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan davlat ramzlari tasvirlangan brelok kiritilgan.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: "Prezident sovg‘alari" 25-avgustgacha maktablarga yetkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

 

 

Unda ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilida respublikadagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 6,7 milliondan ortiq o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 550 mingdan ortiq pedagog ta’lim beradi.

 

Joriy o‘quv yilida 795 mingdan ortiq bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan. 5-avgust holatiga ko‘ra, 680 ming nafar bola maktabga qabul qilingan bo‘lib, bu rejaning 85 foizini tashkil etadi.

 

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 turdagi o‘quv qurollari kiritilgan. Ular orasida maktab sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, plastilin, akvarel bo‘yoqlari, rasm daftari, yelim, o‘chirg‘ich va qalamdon mavjud. Mazkur sovg‘alar 15-avgustga qadar hududlarga, 25-avgustga qadar esa qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga yetkaziladi.

 

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodovning ta’kidlashicha, bu yil sovg‘alar sifati va chidamliligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

 

“O‘tgan yillarda bolalarga berilgan ‘Prezident sovg‘asi’ning sifati va chidamliligi bo‘yicha ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. Ularning fikrlari asosida mahsulotlar sifati va chidamliligiga alohida e’tibor qaratildi, barcha o‘quv qurollari belgilangan standartlar hamda sanitariya me’yorlari asosida tekshirildi. Shuningdek, Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bu yil birinchi sinf o‘quvchilariga davlat ramzlari tasvirlangan brelok ham topshiriladi”, — dedi u.

 

Press-tur davomida o‘quvchi sumkalarining og‘irligi yuzasidan ham izoh berildi. Vazirlik mas’ul xodimi Qahramon Almardonovning aytishicha, sumkaning og‘irlashishiga faqat “Prezident sovg‘asi” sabab bo‘lmaydi.

 

“O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim ota-onalar bolalariga katta hajmli sumkalar olib beradi. Natijada sumkaga qo‘shimcha buyumlar, suv idishlari, shuningdek, dars jadvaliga kirmaydigan darslik va mashq daftarlari joylanadi. Bu esa sumkaning og‘irlashishiga sabab bo‘ladi. Shu bois ota-onalardan farzandlarining sumkasiga faqat kunlik dars jadvaliga mos o‘quv qurollarini joylashtirishni nazorat qilishlarini so‘raymiz”, — dedi u.

 

Press-tur doirasida jurnalistlar vazirlik huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasida o‘quv qurollarini qadoqlash va hududlarga jo‘natish jarayoni bilan tanishdi. 

 

Shuningdek, Toshkent shahridagi 202-sonli umumta’lim maktabi misolida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari namoyish etildi.

 

Mazkur maktabda yangi o‘quv yilida 1 260 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olishi, 175 nafar bola esa 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Maktabda inklyuziv ta’lim uchun tashkil etilgan sinflarda hozirda 13 nafar o‘quvchi, jumladan, bu yil qabul qilingan 2 nafar birinchi sinf o‘quvchisi ta’lim olmoqda.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilari darsliklar bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab bepul ta’minlanmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.