O'zbekiston

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi — WTTC

Mamlakat turizm xizmatlari eksportidan 4,8 milliard dollar daromad oldi. Bu mintaqa ko‘rsatkichining yarmiga teng.

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi — WTTC

Jahon sayyohlik va turizm kengashi (WTTC)ning "Travel & Tourism Economic Impact Research 2026" hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda Markaziy Osiyo turizm o‘sish sur’atlari bo‘yicha dunyoning eng tez rivojlanayotgan mintaqasi bo‘ldi. Hisobotda O‘zbekiston mintaqa davlatlari orasida asosiy turizm ko‘rsatkichlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagani qayd etilgan.

 

WTTC dunyoni 13 ta yirik mintaqaga ajratgan holda tahlil olib boradi. Hisobotga ko‘ra, 2025-yilda Markaziy Osiyoda turizmning yalpi ichki mahsulotga umumiy hissasi 17,7 foizga, to‘g‘ridan to‘g‘ri hissasi esa 19,6 foizga oshgan.

 

Shuningdek, mintaqada turizm xizmatlari eksporti 9,9 milliard AQSh dollariga yetib, bir yil ichida 26,4 foizga o‘sgan. Mazkur ko‘rsatkichning qariyb yarmi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Hisobotda qayd etilishicha, 2025-yilda mamlakat 4,8 milliard dollarlik turizm xizmatlarini eksport qilgan.

 

WTTC ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo aholisi orasida eng ommabop sayohat yo‘nalishi ham O‘zbekiston bo‘lgan. Mintaqa sayyohlarining 25 foizi O‘zbekistonni tanlagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (23 foiz), Qirg‘iziston (18 foiz), Rossiya (16 foiz) va Turkiya (6 foiz) egallagan.

 

Tashkilot O‘zbekistonning yetakchi o‘rinni egallashini mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi hamda mintaqaviy sayyohlar uchun yuqori jozibadorligi bilan izohlagan. Hisobotda Markaziy Osiyoda yagona turistik makonni shakllantirish uchun katta salohiyat mavjudligi, chegaralarni soddalashtirish, transport va aviaqatnovlarni rivojlantirish hamda qo‘shma turizm marshrutlari xalqaro sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.

 

Hisobotga ko‘ra, 2025-yilda turizm sohasidagi xarajatlarning 64,3 foizi xorijiy sayyohlar, 35,7 foizi esa ichki sayyohlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xorijiy sayyohlar xarajatlarining 84,5 foizi dam olish, 15,5 foizi esa biznes maqsadlarida amalga oshirilgan.

 

WTTC prognoziga ko‘ra, 2036-yilga borib turizmning Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qo‘shadigan umumiy hissasi 29,7 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.