Jahon

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Olga Stefanishina qariyb 310 ming dollarlik mol-mulkni yashirganlikda va noqonuniy boylik orttirganlikda gumonlanmoqda. Diplomat ayblovlarni rad etgan.

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinmoqda

Ukrainaning AQSHdagi sobiq elchisi Olga Stefanishina noqonuniy boylik orttirish va mol-mulkini deklaratsiya qilmaslikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Ukraina huquqni muhofaza qiluvchi organlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Stefanishina 2024-yil boshidan 2025-yil o‘rtalarigacha egallab turgan lavozimida umumiy qiymati qariyb 310 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan ikki xonadon va boshqa aktivlarni deklaratsiyada ko‘rsatmagan. Tergov organlari ushbu mol-mulkni uning rasmiy daromadi hisobiga sotib olish imkoni bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.

 

Ukraina qonunchiligiga muvofiq, rasmiylar gumonlanuvchining ismini oshkor qilmagan. Biroq ular gap AQSHdagi sobiq elchi lavozimida ishlagan shaxs haqida ketayotganini bildirgan.

 

Olga Stefanishina esa Facebook’dagi sahifasida ayblovlarni rad etib, yashiradigan hech narsasi yo‘qligini ma’lum qilgan.

 

Stefanishina shu hafta boshida Prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan elchilik lavozimidan ozod etilgan. Uning iste’fosi Ukraina hukumatidagi so‘nggi kadrlar almashinuvi fonida yuz berdi. Avvalroq mamlakat bosh vaziri va mudofaa vaziri ham lavozimidan ketgandi.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.