O'zbekiston

Yangiyo‘l tajribasi asosida 13 tumanda yangi energetika tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maxsus shtab faoliyat yuritmoqda.

Yangiyo‘l tajribasi asosida 13 tumanda yangi energetika tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika tarmog‘ida belgilangan vazifalar ijrosi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot berildi.

 

Ta’kidlanishicha, 27-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida elektr va gaz ta’minoti barqarorligi, avariyalar va energiya yo‘qotishlarini qisqartirish, sohada boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan edi. Taqdimotda ushbu topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

 

Ma’lum qilinishicha, hozirda Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha maxsus shtab faoliyat yuritmoqda. Ushbu tajriba asosida yana 13 ta tumanda ham shunday tizimni yo‘lga qo‘yish, keyinchalik esa uni boshqa hududlarga tatbiq etish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, tadbirkorlarni elektr va gaz tarmoqlariga ulashda texnik shartlarni rasmiylashtirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari kuchaytirilmoqda.

 

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muammoli tarmoqlar va uskunalarni yangilash, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, avariyaviy uzilishlar sabablarini bartaraf etish hamda energiya samaradorligini oshirish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

 

Prezident Energetika vazirligiga tarmoqda yagona va samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni tizimli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, O‘zenergoinspeksiyaga esa energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, yo‘qotishlarni qisqartirish hamda yirik iste’molchilarni energiya auditidan o‘tkazishni jadallashtirish vazifalari yuklatildi.

 

Davlat rahbari barcha choralarni manzilli va aniq hisob-kitoblar asosida amalga oshirish, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini elektr va gaz bilan barqaror ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.