Jahon

Afg‘onistonda har uch kishidan biri ochlik xavfi ostida

Mamlakatda 14 milliondan ortiq kishi jiddiy oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda.

Afg‘onistonda har uch kishidan biri ochlik xavfi ostida

 

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) Afg‘onistondagi oziq-ovqat inqirozi kuchayayotganidan ogohlantirdi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 14 milliondan ortiq kishi, ya’ni aholining qariyb uchdan bir qismi jiddiy oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelmoqda.

 

WFPning Afg‘oniston bo‘yicha direktori Jon Iliffning ma’lum qilishicha, mamlakatning 34 viloyatidan 12 tasida bolalar orasida o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikning juda yuqori darajasi qayd etilgan. Eng og‘ir holatlarning qariyb 80 foizi ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Tashkilot vaziyatning yomonlashishiga ishsizlikning ortishi, oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi, savdo yo‘llaridagi uzilishlar hamda qo‘shni davlatlardan afg‘on fuqarolarining majburiy qaytarilishini asosiy omillar sifatida ko‘rsatmoqda.

 

WFP ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda qariyb 6 million afg‘on qo‘shni mamlakatlardan qaytishga majbur bo‘lgan. Bu esa mamlakatdagi oziq-ovqat va bandlik bilan bog‘liq muammolarga qo‘shimcha bosim yaratgan.

 

Moliyalashtirishning qisqarishi sababli tashkilot oziq-ovqat yordamini kamaytirishga va mavjud resurslarni eng og‘ir holatlarga yo‘naltirishga majbur bo‘lgan. To‘yib ovqatlanmaslikning oldini olishga mo‘ljallangan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish esa 2025-yil may oyida to‘xtatilgan.

 

WFPning hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistondagi oziq-ovqat ehtiyojlarini qoplash uchun yil davomida qariyb 900 million dollar mablag‘ zarur. Tashkilot kelgusi olti oyda mamlakatning eng dolzarb oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun yana 500 million dollar mablag‘ kerakligini bildirgan.

 

WFP UNICEF bilan hamkorlikda besh yoshgacha bo‘lgan to‘yib ovqatlanmayotgan bolalar, shuningdek, homilador va emizikli ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirmoqda.

 

Tashkilot donor davlatlarni Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun moliyaviy yordamni oshirishga chaqirmoqda.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"