O'zbekiston

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 7-avgust kuni imzolangan.

 

Hujjatga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rieltorlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

 

Rieltor sifatida faoliyat yuritish uchun talabgor maxsus o‘qitish dasturidan o‘tishi va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi kerak. Shundan so‘ng unga professional jamoat birlashmasi tomonidan shtrix-kodli malaka sertifikati beriladi.

 

Rieltor rieltorlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritadi va malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Rieltorlik tashkiloti hamda ko‘chmas mulk bo‘yicha agent Yagona reyestrga kiritilgan sanadan boshlab tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Qonunda rieltorlik xizmatlarining asosiy turlari ham belgilangan. Ular qatoriga ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda vositachilik qilish, ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlar savdosini tashkil etish, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish, shuningdek, ko‘chmas mulk bozorida axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatish kiradi.

 

Shuningdek, xususiy sektor tomonidan multilisting tizimi tashkil etilishi nazarda tutilgan. Ushbu tizim rieltorlik xizmatlarini muddatli shartnomalar asosida “yagona darcha” tamoyili orqali ko‘rsatish va elektron shaklda ishonchli axborot almashish imkonini beradi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.