O'zbekiston

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Qadimiy Ichan qal’a va zamonaviy “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan festival ilk kunlardanoq qovunlar ifori, milliy an’analar, musiqa, gastronomiya va sayyohlik muhiti bilan shaharga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

 

 

Festivalning ilk kunida Xorazmning mashhur qovun navlari, mahalliy mahsulotlar va agro-brendlar namoyish etilib, mehmonlarga hududning ko‘p asrlik qovunchilik an’analari yaqindan tanishtirilmoqda. Milliy taomlar, hunarmandchilik namunalari, xalq ijodi va teatrlashtirilgan chiqishlar esa bayram muhitini yanada boyitmoqda.

 

 

Qadimiy shahar ko‘chalarida folklor jamoalari chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar yangrab, festivalga tashrif buyurgan mahalliy aholi hamda sayyohlarga Xorazm madaniyatining o‘ziga xos ruhini his etish imkonini bermoqda.

 

 

Festival dasturining muhim yo‘nalishlaridan biri gastronomiya bo‘lib, mehmonlarga Xorazm oshxonasining an’anaviy taomlari hamda qovundan tayyorlangan turli mahsulotlar taqdim etilmoqda. Qovun ko‘rgazmasi va yarmarkasi esa saylning asosiy markazlaridan biriga aylangan.

 

 

Bayramona kayfiyatni taniqli san’atkorlarning chiqishlari ham davom ettirmoqda. 7-avgust kuni Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdiyeva, Xulkar Abdullayeva, G‘ulomjon Yoqubov va boshqa ijodkorlar sahnaga chiqadi. Keyingi kunlarda esa MakSim, DJ Macarella, Botir Qodirov, Ziyoda Qobulova va boshqa san’atkorlar o‘zlarining boy ijodi bilan saylga tashrif buyuruvchilarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

 

 

“Qovun sayli – 2026” shu tariqa Xivada nafaqat qovun va hosil bayrami, balki milliy madaniyat, gastronomiya, turizm va san’atni birlashtirgan katta xalq sayli ruhida boshlandi.

 

 

Qadimiy Xiva bugun mehmonlarni o‘zining shirin qovunlari, boy madaniyati, milliy taomlari va samimiy mehmondo‘stligi bilan qarshi olmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"