O'zbekiston

Denovda uyi buzilgan oilaga yangi turar joy qurib beriladi

Masala Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan nazoratga olingan.

Denovda uyi buzilgan oilaga yangi turar joy qurib beriladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqaroning turar joyi buzilgani bilan bog‘liq turli xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, mazkur uy sud hujjati asosida buzilganini ta'kidlagan.

 

O‘rganishlar davomida turar joy fuqaroning kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan qonuniy yer maydoniga tutash hududda, fermer xo‘jaligining dala maydonida qurilgani aniqlangan.

 

Ya’ni, turar joyning aynan mazkur hududda qurilishi qonunchilik talablariga zid ekani sud hujjatida o‘z aksini topgan va ijro harakatlari shu hujjat asosida amalga oshirilgan.

 

Shu bilan birga, fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq muammosi e’tibordan chetda qoldirilmagan. Masala Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olingan va fuqaro bilan suhbat o‘tkazilgan.

 

Uchrashuv davomida oilaning uy-joy muammosini qonuniy asosda hal etish masalasi muhokama qilingan. Xususan, fuqaro uchun qonuniy yer maydonidan yangi turar joy qurish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

 

Shuningdek, mavjud qurilish materiallari va uyning saqlanib qolgan qismlaridan imkon qadar foydalanish, yetishmaydigan qurilish materiallarini ta’minlash hamda yangi turar joyni imkon qadar qisqa muddatda barpo etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.

 

Masala doirasida oilaga zarur ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, oila a’zolarining, jumladan, voyaga yetmagan farzandlarning ruhiy holatini inobatga olgan holda mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.