O'zbekiston

Farg‘onada Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga fuqarodan 600 dollar olgan.

Farg‘onada Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birida Davlat kadastrlari palatasi filiali rahbari noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga pul olgani aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan Kadastr agentligining tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirish hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini bartaraf etish evaziga joriy yil iyul oyi boshlarida 600 AQSH dollari olgan.

 

Biroq mansabdor shaxs va’dasini bajarmagan va keyinchalik fuqaroga 500 AQSH dollarini qaytarib bergan.

 

Mazkur holat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda mazkur ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"