O'zbekiston

Jizzaxda mast fuqarolar restoranda hisobni to‘lamay, janjal ko‘tardi

Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektorining ayolga kuch ishlatgani aks etgan videolar tarqaldi.

Jizzaxda mast fuqarolar restoranda hisobni to‘lamay, janjal ko‘tardi

 

Jizzax viloyati Forish tumanida profilaktika inspektorlari va fuqarolar ishtirokidagi mojaro aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

IIB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 5-avgust kuni soat 21:30 larda Forish tumani «Oqtepa» MFY hududidagi restoranda sodir bo‘lgan.

 

Restoran xodimlari IIBga murojaat qilib, mast holdagi bir guruh shaxslar buyurtma qilingan taomlar uchun to‘lov qilmayotgani, tartibbuzarlik sodir etayotgani va janjal chiqarayotganini bildirgan.

 

Chaqiruv asosida voqea joyiga profilaktika inspektorlari hamda Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari yetib borgan. Ular tomonidan jamoat tartibini tiklash va vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilgan.

 

IIB ma’lumotiga ko‘ra, tartibbuzarlardan biri — muqaddam sudlangan ayol — xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, janjalni davom ettirgan. Shu sababli u belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, mastlik holatidagi shaxslarni vaqtincha saqlash va reabilitatsiya qilish punktiga — «Xushyorxona»ga joylashtirilgan.

 

Tibbiy ko‘rik davomida mazkur fuqaroning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan.

 

Keyinchalik uning qizlari «Xushyorxona»ga kelib, jamoat tartibini buzgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ular xodimlarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan hamda ularga tan jarohati yetkazishga uringan.

 

Vaziyat xodimlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etilgan. IIB ushbu jarayonda fuqarolarga nisbatan qo‘l kishani, rezina tayoq yoki elektrshoker kabi maxsus vositalar qo‘llanmaganini ma’lum qilgan.

 

Ayni vaqtda hodisada ishtirok etgan barcha shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.