Navoiyda quvur ta’mirlayotgan ishchi qum bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi
59 yoshli erkak olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida quvur ta’mirlash ishlari vaqtida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Oqibatda 59 yoshli ishchi vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 7-avgust kuni tumanning Navoiy mahallasida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro S.Q. yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlash ishlarini bajarayotgan vaqtida uning ustiga qum o‘pirilib tushgan. Ishchi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Marhum “Sfat Plus Qurilish” MChJda yollanma ishchi sifatida faoliyat yuritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








