Jahon

Qozog‘iston Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z hududini taklif qildi

Moskva Ostonaning mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholamoqda.

Qozog‘iston Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z hududini taklif qildi

 

Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z hududini bir necha bor platforma sifatida taklif qilgan. Rossiya tomoni Ostona tashabbusini yuqori baholayotganini ma’lum qilgan.

 

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

 

Galuzinning ta’kidlashicha, Qozog‘iston Rossiyaning yaqin hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Ostona rahbariyatining Ukraina atrofidagi vaziyatga e’tibor qaratayotgani hamda mojaroni imkon qadar tez va tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qadrlaydi.

 

“Qozog‘iston bizning eng yaqin hamkorimiz va ittifoqchimiz bo‘lib, biz u bilan ko‘plab strategik masalalar bo‘yicha ishonchli muloqot olib boramiz”, — degan Galuzin.

 

Diplomat Qozog‘iston Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar uchun o‘z platformasini bir necha bor taklif qilganini ta’kidlagan.

 

Uning qayd etishicha, Ostona Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan muloqot va muzokaralar uchun o‘z hududidan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga tayyorligini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.